Sozlamalar va foydalanuvchilar
Kim nimani koʻradi, qaysi boʻlimlar yoqilgan — hammasi sizning nazoratingizda.
Kompaniya maʼlumotlari, logotip, hujjat raqamlari, valyuta va mintaqaviy sozlamalar shu yerda boshqariladi. Foydalanuvchi qoʻshib, har biriga roliga mos huquq berasiz.
Buxgalteringizga muddatli va faqat koʻrish huquqi berish mumkin — muddat tugagach, kirish oʻzi yopiladi. Foydalanmaydigan boʻlimlarni oʻchirib, menyuni soddalashtirasiz.