Bank koʻchirmasi bilan oʻz yozuvlaringiz mos kelmasligi normal: toʻlov bugun kiritilgan, pul ertaga tushgan; xarajat bankda koʻringan, sizda hali yoʻq. Muammo farq borligida emas, uni tushuntirib boʻlmasligida.
Yomon yechim — koʻchirmaning har satrini toʻgʻridan-toʻgʻri daftarga yozish. Unda bir toʻlov ikki marta yoziladi va mijoz balansi buziladi.
Toʻgʻri tartib: koʻchirmani alohida maydonga oling, har satrni oʻz yozuvingiz bilan solishtiring, qolganini koʻrib chiqing. Kumpara yuklaganda daftarga hech nima yozmaydi; summa va sana boʻyicha moslik taklif qiladi, qarorni siz qabul qilasiz.