Oy yopildi, QQS hisoboti topshirildi, raqamlar buxgalter bilan kelishildi. Uch haftadan keyin kimdir oʻtgan oyga tegishli unutilgan xarajat hujjatini kiritadi va sanasini oʻsha kunga yozadi.
Natija: topshirilgan oy QQS'i tizimdagi raqam bilan mos kelmaydi va ikkala tomon vaqt yoʻqotadi.
Davr qulfi aynan shuni oldini oladi. Oyni yopiq deb belgilaganingizda unga yangi yozuv kirmaydi va sana oʻsha oyga tortilmaydi.
Haqiqatan unutilgan hujjat chiqsa, uni joriy davrga kiritasiz: yozuv yoʻqolmaydi, xarajat hisobga olinadi, oʻtmish oy esa oʻzgarmaydi.
Qulfni kim ocha olishini siz belgilaysiz; ochish va yopish qayd etiladi.